iks
ads

26 yoshli Eron terma jamoasi voleybolchisi vafot etdi

  • Mr.NoBoDy 05.11.2025 23:33
  • 197
  • 30

Eron terma jamoasining 26 yoshli voleybolchisi Saber Kazemiy vafot etdi. Tasnim axborot agentligining ma’lumotiga ko‘ra, sportchi Qatarda mehmonxona hovuzida hushidan ketgan. Shundan so‘ng Kazemiy 20 kun davomida komada bo‘lgan.

Avval uni Dohadagi shifoxonaga olib borishgan, keyin Tehronga ko‘chirilgan. Dastlab Saber tok urishi natijasida hushini yo‘qotgani aytilgan edi. Biroq Eron Voleybol federasiyasi shifokori Reza Jabbari Kazemiyni tok urishi haqidagi taxminlarni rad etdi. Unga ko‘ra, muammo ehtimol yurak xuruji oqibatida yuzaga kelgan va bu miya faoliyatiga salbiy ta’sir qilgan.

Sportchi Dohadan Tehronga ko‘chirilgach, ahvoli oldingidan yomonlashgan. Shundan keyin shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, Kazemiy 5 oktyabr kuni hayotdan ko‘z yumdi.

Saber Kazemiy bir nechta musobaqalarda Eron terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Jumladan, u 2018 va 2022-yilgi Osiyo o‘yinlarida Eron voleybol terma jamoasi bilan oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2020-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham terma jamoa a’zosi sifatida qatnashgan.

Ўхшаш янгиликлар