iks
ads

OCHL-2. "Andijon" ketma-ket to'rtinchi marta 0:0 hisobida durang o'ynadi

  • Mr.NoBoDy 05.11.2025 23:00
  • 688
  • 30

OCHL-2 turniri 4-turidan o'rin olgan "Al Haldiya" – "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

OCHL-2. 4-tur

"Al Haldiya" – "Andijon" 0:0

"Al Haldiya": 4. Axmed Mubarak, 8. Klayd O’Konnel, 9. Gleyson Uilson, 10. Anas Ouaxim (2. Said Dxiya Said, 68), 13. Muhammad Saad (99. Joel Tumuteka, 68), 15. Mussa Kulibali, 19. Komayl Alasvand (3. Muhammad Adel, 84), 20. Saif-Eddin Buxra (7. Nizar El Otmani, 68), 21. Mendi Dominik (C), 22. Ayub El Amlud (77. Zaxui Fabiyan, 84), 41. Rikardo Manuel.

Zaxira: 11. Ismail Abdulatif Xasan, 12. Hamad Moxamed , 14. Badar Bashir, 16. Jumay Jallou, 17. Hazza Ali, 26. Aymane Dayrani, 45. Mahdiy Abdul Jabar Hasan

"Andijon": 31. Erjan Tokotaev, 3. Sunnatulloh Hamidjonov, 8. Shahzod Azimiddinov (2. Abubakr Ashurov, 71), 11. Otabek Juraqo'ziev (7. Ismoil Akinade, 71), 13. Sardor Azimov (5. Abdulvohid G'ulomov, 45), 18. Damir Temirov (9. Saidumarxon Saidnurallaev, 71), 22. Usmonali Ismonaliev, 23. Doniyor Abdumannopov (88. Shohjaxon Yorqinboev, 87), 26. Muhammadkarim Toirov, 27. Kristian Novak, 71. Bektemir Abdumannonov. 

Zaxira: 1. Eldor Adg'amov, 12. Mohirbek Komilov, 14. Abdurahmon Komilov, 16. Abdurahmon Abdullaev, 21. Asadbek Habibullaev, 33. Oleg Zoteev, 99. Muhammadali Usmonov.

Ogohlantirishlar: Gleyson Uilson (40), Klayd O’Konnel (76), Erjan Tokotaev (90), Abubakr Ashurov (90+2), Muhammadkarim Toirov (90+7)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+7. Toirov ogohlantirildi.

90+4. Tokotaevga nisbatan fol ishlatildi.

90+2. Ashurov qo'pollik uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

90. Tokotaev vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

87. "Andijon"da o'zgarish.

84. "Al Haldiya"da ikki o'zgarish.

79. Zarba! Otmanining jarima maydonidan yo'llagan aylanma zarbasini Tokotaev qaytardi.

76. O’Konnel raqibini ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.

71. "Andijon"da uch o'zgarish.

68. "Al Haldiya"da uch o'zgarish, "Andijon"da bir o'zgarish.

64. Amludning jarima maydoni yaqinidan yo'llagan zarbasini Tokotaev qaytardi.

61. Abdumannopov hujumda fol ishlatdi.

56. Mezbonlarning burchak uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Tokotaev qiyinchilik bilan to'pni egalladi.

51. Azmiddinov mezbonlar zarbasiga "blok" qo'ydi.

50. Tokotaev raqib hujumi chog'ida to'pni egallashda xato qilishi mumkin edi, ikkinchi urinishda egalladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+3. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning burchak uzatmasi golga aylanishiga bir bahya qoldi, to'p ustundan qaytdi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

45. "Andijon"da majburiy o'zgarish.

40. Gleyson Uilson Azimovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

38. Zarba! Muhammad Saad raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda zarba yo'lladi, Tokotaev to'pni oyoqlari bilan qaytardi.

35. Ismonaliev ofsaydda qoldi.

30. Jo'raqo'ziev ofsaydda qoldi.

29. Mezbonlarning chap qanotdan uzatmasini Tokotaev qaytardi.

28. Uilsonning zarbasi noaniq.

26. Ouaxim fol ishlatdi.

21. Mezbonlarning o'ng qanotdan boshlagan hujumi besamar yakunlandi.

16. Xavfli vaziyat! Abdumannopov o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi, mezbonlar darvozaboni oyog'i bilan to'pni qaytardi.

11. Mezbonlarning o'ng qanotdan uzatmasi xavfli, ammo noaniq.

10. Ismonalievga nisbatan fol ishlatildi.

9. Abdumannopov hujumda fol ishlatdi.

5. "Andijon"ning burchak uzatmasi qaytarildi.

2. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Al Haldiya" sariq, "Andijon" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар