iks
ads

David Rayya - "Arsenal" tarixidagi eng yaxshi darvozabon (Opta)

  • Mr.NoBoDy 06.11.2025 14:08
  • 280
  • 30

Ispaniyalik darvozabon David Rayya "Arsenal"da mutlaq rekord o'rnatdi.

Rayya "kanonirlar" safida oz fursatda 50 ta "quruq" o'yin o'tkazgan birinchi darvozabonga aylandi. Bu natijaga erishish uchun unga atigi 110 ta o'yin kerak bo'ldi.

Oldingi rekord 1903 yilda qayd etilgan bo'lib, o'shanda Jimmi Eshkroft (114 ta o'yin) katta sahnaga chiqqandi.

30 yoshli Rayya 2023-yil yozidan beri London jamoasida o'ynab kelmoqda. U kelishi bilanoq jamoaning birinchi raqamli posboniga aylanib olgan.

Ўхшаш янгиликлар