iks
ads

Superliganing 27-tur uchrashuvlarida hakamlik xatolari kuzatildimi?

  • Mr.NoBoDy 06.11.2025 19:24
  • 191
  • 30

Championat.asia saytining hakamlik faoliti bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birga Superliganing 27-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅ "Navbahor" – "Nasaf"

Takroriy lavhaning bittaligiga asoslanib, 100% sariq kartochka ekanligini aytish qiyin. To'g'ri, himoyachi tomonidan orqa va yon tomondan kechikib tashlangan podkat holati mavjud. Ammo bu erda ataylab qilingan qo'pollik, ortiqcha kuch ishlatish yoki sapchishni ko'rmayapman. Yordamchi hakam bir necha metr narida yuzma-yuz turibdi, shuning uchun hakamning qaroriga ishonish uchun barcha asoslar mavjud.


✅ "Navbahor" – "Nasaf"

Agar vaziyat golga aylanganda, uni bekor qilish kerak edi. To'p qo'l bilan qabul qilingandan so'ng, u tabiiy holatda bo'lsa ham, darhol zarba yo'llangan.


✅ "Navbahor" – "Nasaf"

To'pning darvoza chizig'iga tekkani va to'liq kesib o'tmasligiga ishonchim komil. Ikkinchi takrordan bu yaxshi ko'rinib turibdi. VAR'da to'p darvoza chizig'idan o'tgani haqida hech qanday dalil mavjud emas.


✅ ❌ "Navbahor" – "Nasaf"

Ehtimol, biroz oldinroq hushtak chalinishi kerak edi. O'yin so'ngida "Nasaf" futbolchisi (Cheran) shubhasiz qo'pol o'yin ko'rsatdi, bu sariq kartochkaga loyiq harakat. So'ngra "Navbahor"ning 17-raqamli o'yinchisi (Jiyanov) sportga xos bo'lmagan xatti-harakati (turtish) uchun sariq kartochka bilan jazolanishi lozim edi. "Nasaf"ning 22-raqamli o'yinchisi (Golban) esa bunga javoban ko'rsatgan reakciyasi uchun sariq kartochka olishi kerak edi.


✅ "Dinamo" – "Xorazm"

Gol to'g'ri hisobga olindi. O'yindan tashqari holat yo'q: na qanotdan uzatma berilganda, na darvozaga zarba berilayotgan paytda. Hujumchi ushbu lahzada to'g'ri poziciyada turgandi.


✅ "Dinamo" – "Xorazm"

Maydon chizig'iga etibor qaratib, olisdagi himoyachining pas berilayotgan paytda hujumchiga qaraganda darvoza chizig'iga yaqinroq ekanligini ko'ryapman, demak, o'yindan tashqari holat yo'q. Yaxshiyamki, yordamchi hakam tavsiyalarga muvofiq hujumni yakunlanishiga imkon berib, so'ngra qaror qabul qildi.


✅ "Dinamo" – "Xorazm"

Hakamning sariq kartochka ko'rsatish qaroriga qo'shilaman. Fol ehtiyotsiz tarzda amalga oshirildi, himoyachi podkat tashlashga kechikdi, ammo oyoqlari erda, bukilgan va ortiqcha kuch ishlatilmagan. Na butsaning tag qismi bilan zarba, na ezish holati mavjud. Bu vaziyat gol urish imkoniyatidan ochiqdan-ochiq mahrum qilish emas, chunki holat o'tkir burchakda sodir bo'lgan, qolaversa, yana bir himoyachi bor edi. Fol jarima maydoni chizig'ida emas, balki jarima maydonigacha bo'lgan hududda sodir etilgan, bu ham ko'rinib turibdi.


✅ "Sho'rtan" – OKMK

Hakamning penalti belgilash qarorini maqullayman. Hujumchi bir lahzaga himoyachidan oldinga o'tib, o'ng oyog'i bilan to'pga o'ynadi, so'ngra himoyachi ortdan uning oyoqlarini chalishtirib, yiqitdi. Bu kartochkasiz qoida buzilishi hisoblanadi.


✅ "Andijon" – "Buxoro"

Hakam go'yoki ustunlik tamoyilini juda yaxshi qo'llagandek ko'rindi, u imo-ishora qilmay, hujumning yakunlanishiga imkon berdi. Ha, ehtiyotsizlik tufayli qoida buzildi: sirpanib to'pga tashlangan o'yinchi maqsadiga etdi, so'ngra himoyachi uning boldir qismiga tegib ketdi, ammo to'qnashuvni yumshatishga urinib, engil zarba berdi. Bu kartochkasiz qoida buzilishi edi, lekin to'p o'sha jamoada qoldi.


✅ "Neftchi" – "Surxon"

Hakamning golni hisobga olish qarorini qo'llab-quvvatlayman. Ikkala o'yinchi ham tanalarini bir-biriga qarshi qo'yib o'ynash niyatida harakat qildi, lekin shunday bo'ladiki, himoyachi to'qnashuvdan chetga chiqib qoldi. Bu vaziyatda qo'shimcha qo'l harakatlari yoki orqaga turtish holatlari ko'zga tashlanmadi.


✅ "So'g'diyona" – "Qizilqum"

VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi va penalti belgilandi. Hujumchi oyog'i bilan to'pni tepganidan so'ng, qo'l tanaga ko'ndalang, cho'zilgan va g'ayritabiiy holatda edi. Penalti belgilash uchun barcha mezonlar mavjud.


❌ "So'g'diyona" – "Qizilqum"

VAR'ning aralashuvi o'rinli. Qo'pollik to'piqdan yuqori qismda sodir etilgan. Oyoq sinishi mumkin edi, butsaning tishlari qurol sifatida ishlatilgan, yakkakurashga kirishish tezligi yuqori va hujumchining tayanch oyog'i nishonga olingan. Menimcha, bunday jiddiy qoidabuzarlik uchun qizil kartochka ko'rsatilishi kerak.


✅❌ "Mashal" – "Qo'qon-1912"

To'g'ri qaror - simulyaciya uchun sariq kartochka. VAR aralashuvi o'rinli. Hujumchi raqib posboni bilan to'qnashuvga kirishmasdan oldinoq oyoqlarini bukib, hakamni aldash maqsadida darvozabon tomon yiqilishni boshlaydi. Bu kontaktli simulyaciya. Hakamning joylashuvi juda noqulay edi.


✅ "Paxtakor" – "Bunyodkor"

Bu shunchaki muqarrar to'qnashuv edi. Hujumchi rejalashtirilgan zarbani amalga oshirdi, to'p darvozabonning tanasiga tegib ketdi. Keyin muqarrar to'qnashuv sodir bo'ldi, bu baxtsiz hodisa edi.



Shu tariqa, 27-tur uchrashuvlarida hakamlar uchta xatoga yo'l qo'ydi.

Ўхшаш янгиликлар