
Avvalroq mazkur qo'mitalar "Neftchi", "Qumqo'rg'on-1977", "Buxoro", "Andijon", "Xorazm", "Navbahor" klublaridagi qarzdorlik va mazkur klublar Futbolchilar maqomi bo'yicha qo'mita qarorlariga bepisand munosabatda bo'linayotgani masalasini ko'rib chiqishi bo'yicha xabarlar tarqalgandi.
Olingan malumotlarga ko'ra, mazkur xabar O'FA rasmiy sahifalarida elon qilingach, "Neftchi" o'zining sobiq futbolchilari bilan to'liq hisob-kitob qilgan. Shuningdek, "Buxoro" va "Xorazm" klublari "Paxtakor" oldidagi, "Andijon" esa "Bunyodkor" oldidagi qarzini uzishga kirishgan. "Qumqo'rg'on-1977" va "Navbahor" klubida esa o'zgarish kuzatilmagan.
Shundan kelib chiqib, O'FA Tartib-intizom qo'mitasi "Qumqo'rg'on-1977" klubini Birinchi liga musobaqasidan chetlashtirish, "Navbahor" futbol klubidan esa 3 ochko olib tashlash va ketma-ket ikki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaslik qarorlarini qabul qilgan. Qo'mitalarning qo'shma yig'ilishiga uch kun o'tgan bo'lsa-da, O'FA hozirga qadar mazkur qarorni rasman ochiqlagani yo'q.