
"Ko'p yillik qiyinchiliklar, shu bilan birga g'oliblik onlariga to'la bo'lgan futbolchilik faoliyatimni bugun barchaga minnatdorlik bildirgan holda yakunlaganimni malum qilmoqchiman.
Men mehnatsevarlik evaziga sodiq muxlislarning qo'llab-quvvatloviga ega bo'ldim.
"Al Ayn" klubi raisi shayh Hazza bin Zaid al-Nahyanga menga katta ishonch bildirgani uchun rahmat aytaman. Shuningdek, meni doimiy qo'llab turgan Muhammad bin Talub al-Derei, Muhammad Nosir bin Talub va Muhammad Halfan al-Rumaytiyga minnatdorlik bildiraman.
Bugun men hayotimning eng go'zal onlarini yopishga qaror qildim. Ushbu sayohatning bir qismi bo'lgan barchaga rahmat aytaman", - deb yozadi Abdulrahmon o'z instagramida.
Abdulrahmon 1991 yilning 20 sentyabrida Saudiya Arabistonida tug'ilgan. U "Al Hilol" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Professional futbolchiligida u "Al Ayn", "Al Hilol", "Al Jazira", "Shabab Al-Ahli" jamoalarida harakat qilgan. O'tgan yilning yanvarida "Al Vasl"ni tark etganidan keyin asosan havaskorlar futbolida ko'rinish berayotgandi. BAA termasi tarkibida 73 o'yinda qatnashib, 11 gol urgan.
Abdulrahmon faoliyati davomida 1 marta Saudiya Arabistoni Superkubogi, 6 marta BAA chempionligi, 1 marta Arab ko'rfazi kubogini qo'lga kiritgan. 2016 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan.




