iks
ads

Islom Ismoilov: "Irlandiyaning Paragvaydan kuchli tomonlar bo'lsa borki, kuchsiz tomonlari yo'q"

  • Mr.NoBoDy 07.11.2025 01:16
  • 165
  • 30

O'zbekiston U-17 termasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov navbatdagi o'yin hususida to'xtaldi.

- Kecha ham aytganimdek, og'ir o'yin bo'ldi. Chunki Paragvay termasi butun dunyoda o'z o'rniga ega termalardan biri hisoblanadi. Uchrashuvdan oldin o'ylagan hamma rejalarimiz amalga oshdi. To'g'ri xatolar bor. Lekin birinchi o'yin hayajoni bilan bog'liq.

- Paragvay qurada birinchi savatchadan o'rin olgandi. Ushbu termani guruhdagi eng jiddiy raqib desa bo'ladimi? Yoki eng jiddiy raqib Irlandiyami?

- Boshqa guruhlarda bitta yaqqol autsayder bor. Lekin bizning guruhda unday jamoa yo'q. Irlandiya ham o'ziga yarasha kuchli jamoa. Kechagi o'yinda ular nimalarga qodirligini, qanday potencialga ega ekanligini ko'rsatishdi. Shu bilan birgalikda Panama termasini ham hisobdan chiqarmaslik kerak. Bu yosh toifasida har qanday natija bo'lishi mumkin. Shu sababli Irlandiya termasini ham yaxshilab o'rganib chiqdik. Shuni ko'rdikki, ularning Paragvaydan kuchli tomonlar bo'lsa borki, kuchsiz tomonlari yo'q.

- Asilbek Aliev Paragvayga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. U 90 daqiqalik o'yinga tayyor emasmi?

- Bu oldindan o'ylangan reja. Asilbek Aliev orqali bungacha ham zaxiradan o'yinga qo'shib, o'yinni kuchaytiramiz va buni doimiy amalga oshiramiz.

- Bu turnirdagi O'zbekistonning minimum vazifasi nima?

- Har bir terma o'z oldiga katta maqsad qo'yadi. Hozirgi holatda birinchi maqsad guruhdan chiqish. Undan keyin bosqichma-bosqich g'alabalar qozonib, eng yuqori bosqichni qo'lga kiritish.

- Irlandiya to'liq o'rganib bo'lindimi?

- Albatta, Irlandiyaning kechagi va undan oldingi o'yinlarini ko'rib, o'rganib chiqdik. Bugundan ushbu o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Ўхшаш янгиликлар