
"Muammo yo'q. Jiddiy aytganda, hammasi joyida. Runi bilan yaxshi munosabatdamiz. Do'st bo'lmasligimiz mumkin, lekin biz har doim yaxshi munosabatda bo'lganmiz. Agar Runini ko'rsam, uning qo'lini siqib qo'yaman. U "Manchester Yunayted" uchun juda ko'p ish qildi", - deb fikr bildirgan Ronaldu o'zining YouTube kanalida jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida.
Ronaldu va Runi 2004 yildan 2009 yilgacha "qizil iblislar" safida birga o'ynashgan.