
"Men ushbu kalitni shahrimiz, mamlakatimiz va butun futbol olami uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun topshirmoqchiman. Sizga rahmat!", – dedi Suares.
Messi 2023 yil iyul oyidan beri "Inter Mayami"da o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida 84 o'yinda maydonga tushib, 74 ta gol urdi va 37 ta golli uzatma berdi.
38 yoshli argentinalik futbolchi sakkizta "Oltin to'p", Jahon chempionati, Amerika Kubogi va to'rt marta Chempionlar Ligasi chempionligini qo'lga kiritdi.
Avvalroq Messi faoliyati shu darajada bo'lishi uchun hayotida ko'p narsalarni qurbon qilganini aytgan edi.