iks
ads

APLda o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

  • Mr.NoBoDy 07.11.2025 17:40
  • 127
  • 30

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Premer-liganing oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Bu haqda turnir matbuot xizmati elon qildi.

MYU Angliya chempionatida 3 o'yinning hammasida g'alaba qozondi — "Sanderlend" (2:0), "Liverpul" (2:1) va "Brayton" (4:2). 

"Qizil iblislar" 10 turdan so'ng musobaqa jadvalida 17 ochko to'plagan holda sakkizinchi o'rinda bormoqda.

8 noyabr, shanba kuni Amorim jamoasi Londonning "Tottenxem" jamoasiga qarshi bahs yuritadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар