iks
ads

"Buxoro" "Neftchi"ni oxirgi marta qachon yutgan?

  • Mr.NoBoDy 07.11.2025 12:16
  • 418
  • 30

Bugun Superliganing 28-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Birinchi davrada bu jamoalar o'rtasida Farg'onada kechgan bahsda "Neftchi" Yovan Jokichning 89-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

"Buxoro" so'nggi bor bu jamoani 2021 yilda Pro liga doirasida mag'lub etgan - 2:0. Undan keyin ketma-ket 6 ta o'zaro bahsda "Neftchi" bu raqibga umuman yutqazmagan - 4 g'alaba, 2 durang.

Superliga doirasida "Buxoro" so'nggi bor 2018 yilgi mavsumda Farg'ona klubi ustidan g'alabaga erishgan - 1:0.  

"Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov "Neftchi" ustozi Vitaliy Levchenkoga qarshi 4 marta to'qnash kelgan. Levchenko bu murabbiyga umuman yutqazmagan - 1 g'alaba, 3 durang. 



Ўхшаш янгиликлар