iks
ads

Paragvay U-17 bosh murabbiyi: "O'zbekiston – rejalashtirgan vazifani juda yaxshi bajaradigan jamoa"

  • Mr.NoBoDy 07.11.2025 15:24
  • 283
  • 30

U-17 jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yindan so'ng (1:2) Paragvay bosh murabbiyi Mariano Uglessich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Unchalik xursand emasman, debyut o'yinimizda yutqazdik, ko'rib chiqishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Birinchi bo'lim davomida umuman o'yin ritmiga kira olmadik, yaxshi o'ynamadik, aniqlik etishmadi. Ikkinchi bo'limda bosim evaziga hisobni tenglashtirish imkonimiz bo'ldi, ammo bunga kuchimiz etmadi.

Biz kuchli raqibga qarshi o'ynadik, ammo kutgan o'yinimizni ko'rsata olmadik. Ular rejalashtirgan vazifani juda yaxshi bajaradigan jamoa, bejizga yaqinda Osiyo kubogida chempion bo'lishmagan", dedi 44 yoshli argentinalik mutaxassis.

Ўхшаш янгиликлар