
"Shogirdlarimning ochilish o'yinidagi natijasi judayam xursand qildi. To'rtta gol – ajoyib start degani. Birinchi o'yindagi g'alaba futbolchilarga ancha engillik berdi, ularda hayajon kamaydi.
Lekin O'zbekistonga qarshi o'yingacha yaxshilanishimiz kerak bo'lgan jihatlar ham bor. Ikki kun tiklanish uchun vaqt bor, shanba kuni kechqurun O'zbekiston bilan o'ynaymiz, ular Paragvayni mag'lub etishgan, demak, bu biz uchun navbatdagi sinov bo'ladi", dedi 50 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Irlandiya – O'zbekiston uchrashuvi 8 noyabr kuni soat 20:45 da boshlanadi.