iks
ads

"Paxtakor" afsonasi, sobiq futbolchisi To'lagan Isoqov vafot etdi

  • Mr.NoBoDy 08.11.2025 09:56
  • 294
  • 30

Hamdardlik.

O'FA Faxriylar kengashi raisi, O'FA Ijroiya qo'mitasi azosi, Murabbiylar kengashi azosi, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi” To'lagan Isoqovning vafoti munosabati bilan marhumning oila azolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

O'zbek futboli jonkuyari, fidoiy To'lagan Isoqov o'z umrini futbolga bag'ishlagan. U futbolchi sifatida “Paxtakor” jamoasi sharafini 13 mavsum davomida munosib himoya qilgan, 252 ta o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.

Murabbiylik faoliyati davomida “Paxtakor”, “Zarafshon” va “Surxon” jamoalarini boshqargan, shuningdek, so'nggi yillarda O'FA Faxriylar kengashiga rahbarlik qilib, mamlakatimizda futbolning ommalashishi va rivojlanishiga, bir so'z bilan aytganda, futbolning har bir jabhasida o'zining munosib hissasini qo'shgan etuk mutaxassis edi. Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sportga sadoqat bilan etishib chiqishi yo'lida fidokorona xizmat qilgan.

Janoza bugun, 8 noyabr kuni asrda Ko'kcha masjidida bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар