iks
ads

Italiyaning Moldova va Norvegiyaga qarshi bahslar uchun qaydnomasi malum qilindi

  • Mr.NoBoDy 08.11.2025 10:48
  • 625
  • 30

Italiya termasi noyabr oyida JCH-2026ga chiqish uchun kurashni davom ettiradi.

"Skuadra Adzurra"ning 13 noyabr kungi Moldova hamda 16 noyabrdagi Norvegiyaga qarshi bahslar uchun qaydnomasi malum qilindi.

Jennaro Gattuzo ushbu futbolchilarni tanlab oldi:

Darvozabonlar: Elia Kaprile ("Kalyari"), Marko Karnezekki ("Atalanta"), Janluiji Donnarumma ("Manchester Siti"), Gulelmo Vikario ("Tottenxem").

Himoyachilar: Alessandro Bastoni ("Inter"), Raul Bellanova ("Atalanta"), Alessandro Buonjorno ("Napoli"), Rikkardo Kalafori ("Arsenal"), Andrea Kambyazo ("Yuventus"), Jovanni Di Lorenco ("Napoli"), Federiko Dimarko ("Inter"), Matteo Gabbiya ("Milan"), Janluka Manchini ("Roma").

Yarim himoyachilar: Nikolo Barella ("Inter"), Brayan Kristante ("Roma"), Davide Frattezi ("Inter"), Manuel Lokatelli ("Yuventus"), Samuele Richchi ("Milan"), Sandro Tonali ("Nyukasl").

Hujumchilar: Franchesko Espozito ("Inter"), Moyze Kin ("Fiorentina"), Rikkardo Orsolini ("Bolonya"), Matteo Politano ("Napoli"), Jakomo Raspadori ("Atletiko"), Mateo Retegi ("Al-Qodisiya"), Janluka Skamakka ("Atalanta"), Mattia Dzakkani ("Lacio").


Ўхшаш янгиликлар