
Robert Levandovski yanvarda "Barselona"ni tark etishni rejalashtirmayapti, deya xabar bermoqda insayder Fabricio Romano.
37 yoshli forvard mavsumni Kataloniya klubida yakunlamoqchi. Tomonlar 2026 yilning yozida, Levandovskiyning shartnomasi tugagach, xayrlashish ehtimoli yuqori.
Polshalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 8 ta o'yinda 4 ta gol urdi.