
Shuningdek, o'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri, o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha terma jamoa rekordchisi (128 o'yin) va Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi (2008 va 2011) Server Jeparov ham ekspert sifatida qatnashdi. Hisobga faqat Superliga o'yinlari, aniqrog'i, oktyabr va noyabr oyi boshidagi terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan keyin o'tkazilgan uchta tur (25, 26 va 27-turlar) kiritilgan.
Superliganing oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi Vitaliy Levchenko bo'ldi. Uning qo'l ostida "Neftchi" uchta o'yinda uchta g'alabaga erishdi. Shu tariqa, Farg'ona klubi mamlakatning amaldagi chempioni "Nasaf"ni ortda qoldirib, turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi. Qatnashchilarning 52 foizi Levchenkoga ovoz bergan.
Biroz farq bilan Superliganing oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi Behruz Karimov bo'ldi. "Surxon"ning 18 yoshli himoyachisi uchta o'yinda uchta gol urdi. Qizig'i, bu gollar Karimovning kattalar safidagi ilk gollari bo'ldi. Karimov 32 foiz ovoz to'plab, "Bunyodkor" vingeri Imeda Ashortiyani (26 foiz) atigi bir ovozga ortda qoldirdi.
