
Islombek Ismoilov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlari Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi. O'zbekiston terma jamoasi oldingi U-17 mundiallarida Evropa qitasi vakillari bilan 4 marta to'qnash kelgan ekan.
2011 yil Meksikada o'tgan jahon chempionati guruh bosqichida Chexiya 2:1 hisobida taslim etilgan. 2013 yil BAA yashil maydonlarida o'tgan musobaqada o'smirlarimiz guruhda Xorvatiyani xuddi shu hisobda mag'lub etishgan. 2023 yil Indoneziyada tashkil etilgan mundial nimchorak finalida Angliya o'smirlaridan ustun kelganmiz va inglizlar uyiga ketishgan. Chorak finalda esa Franciyadan 0:1 hisobidagi alamli mag'lubiyatni qabul qilib olganmiz.
2011 - O'zbekiston - Chexiya 2:1 (Gollar: Timur Hakimov, Abbos Maxsitaliev)
2013 - O'zbekiston - Xorvatiya 2:1 (Gollar: Jamshid Boltaboev, Duje Kaleta-Kar (avtogol)
2023 - O'zbekiston - Angliya 2:1 (Gollar: Amirbek Saidov, Lazizbek Mirzaev)
2023 - O'zbekiston - Franciya 0:1
2025 - O'zbekiston - Irlandiya ?:?