
Istanbulliklar 38 yoshli argentinalik futbolchini MLS mavsumidagi tanaffus vaqtida taxminan 4 oyga qisqa muddatli ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
AQSHdagi muntazam chempionat allaqachon yakunlandi, pley-off bahslari dekabr oyi boshigacha davom etadi, shundan so'ng Messi 2026 yil mart oyiga qadar uzoq tanaffusga ega bo'ladi. Taxminlarga ko'ra, Messi 2026 yilgi jahon chempionati oldidan o'yin formasini saqlab qolish uchun ijaraga berilishi mumkin. "Galatasaroy" esa vaziyatni "diqqat bilan kuzatmoqda".
Messi joriy mavsum "Inter Mayami" safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.