iks
ads

Mo'minxon Baxodirxonov: "Agar Irlandiya o'z kuchi bilan yutgan bo'lsa, hali ular bilan ko'rishamiz"

  • Mr.NoBoDy 09.11.2025 04:08
  • 75
  • 30

O'zbekiston U-17 sardori Mo'minxon Baxodirxonov JCH "J" guruh 2-tur doirasidagi Irlandiyaga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— Biz o'z o'yin uslubimiz bilan g'alabaga harakat qilib o'ynagan edik. Afsuski, himoyada xatolarga yo'l qo'ydik. Raqibni esa ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashini bilardik. Himoyachilar bir-birlariga o'yinchi yaqinlashib kelayotganini aytishmadi. Shu sabab to'p o'tkazib yubordik deb o'ylayman. Hali 17 yoshmiz, ushbu o'yinlar bizga tajriba beradi. Agar Irlandiya o'z kuchi bilan yutgan bo'lsa, hali ular bilan ko'rishamiz.

— Jamoaga yana nimalar etishmadi deb o'ylaysiz?

— Jamoa bor kuchi bilan harakat qildi. Umuman olganda, himoyada ham, hujum chizig'ida ham yaxshi harakat qildik deb o'ylayman. Qo'limizdan kelgan barchasini qildik. Biz harakat qilyapmiz, ammo o'yindagi pauzalar bizni sindirib qo'ydi deb o'ylayman.

— O'yinda Musaxonovning o'rnini ko'p yopishga majbur bo'ldingiz. O'zi bunga nima sabab bo'ldi? Musaxonovning oldinga chiqishini murabbiy so'ragan edimi?

— Albatta, raqib o'yinchilarini, ayniqsa 9 va 11-raqamli o'yinchilarini bilardik. O'yinda bir-birimizni yopib o'ynashga harakat qildik. Ammo, Musaxonov bugun raqibga hech qanday imkoniyat bermadi deb o'ylayman.

— Birinchi golni urib olganimizdan so'ng o'zimiz o'yinni bo'shashtirib yubordikmi yoki Irlandiya kuchi evaziga ustunlikni qo'lga oldimi?

— Bizning yoshimizda, gol urilsa, ikkinchi jamoa kuchayib ketadi. Hali yoshmiz. Goldan so'ng yana gol urishga harakat qildik, shu sabab oddiy vaziyatlarda to'pni raqibga berib qo'ydik. Ikkinchi taym o'rtalaridan bizning xatoimiz evaziga raqib ko'proq to'pga egalik qildi deb o'ylayman.

— Ikkinchi qavatda yaxshi o'ynash kerakligi o'rgatilganmidi?

— Albatta. Murabbiylarimiz har bir o'yin oldidan raqibni o'rganib, ko'rsatmalar berishadi.

Ўхшаш янгиликлар