iks
ads

Proliga. Bugun Superliga yo'llanmasiga ega chiqadigan jamoa aniq bo'ladi

  • Mr.NoBoDy 09.11.2025 07:40
  • 273
  • 30

Bugun Proliganing so'nggi turidan o'rin olgan 2 ta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Musobaqa etakchisi "Lokomotiv" hozirda ikkinchi o'rinda ketayotgan "Aral" mehmoni bo'ladi. Ayni vaqtda Toshkent jamoasida 41 ta ochko bor. Nukusliklarning ochkolari esa 38 tani tashkil qiladi. "Aral" jamoasi to'g'ridan-to'g'ri  Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun bugungi bahsda ikki va undan ortiq to'p farqi bilan g'alaba qozonishi lozim. Qolgan barcha holatdagi natija "Lokomotiv"ni Superligaga olib chiqadi. 

Shuningdek, kunning ikkinchi bahsida "Olimpik-Mobiz" "Jayxun"ni qabul qiladi. Har ikki bahs soat 14:00 da start oladi.

Pro liga 

20-tur

"Olimpik-MobiUz" – "Jayxun"

09.11.2025

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Husan Xudoyberdiev, Rasul Fozilov

Nazoratchi: Olim Abduvasilov

Komissar: Bekzod Aripov


"Aral" – "Lokomotiv"

09.11.2025

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Dilshod Jumaniyozov, Farhod Usmonov

Nazoratchi: Husniddin Shodmonov

Komissar: Vladimir Nazarov




Ўхшаш янгиликлар