
Kecha 38 yoshli Argentina terma jamoasi hujumchisi, 2021 yilgacha "Barselona" safida o'ynagan Messi, tamirda bo'lib turgan klubning uy stadioniga tashrif buyurdi va bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozdi:
"Bu joyni butun qalbim bilan sog'indim. Bir kuni qaytib kelaman deb umid qilaman — faqat xayrlashish uchun emas", — deb yozdi u.
El Partidazo de COPE malumoticha, Messi stadionga shaxsan borgan va xodimlardan uni kiritishga ruxsat so'ragan.
"Barselona" esa unga ruxsat bergan va quyidagicha baѐnot bergan: "Messi doimo "Barselona"da eng qadrli va iliq qabul qilinadigan mehmon bo'lib qoladi."
