iks
ads

8 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayotgan "Atalanta" Yurichni ishdan bo'shatdi

  • Mr.NoBoDy 10.11.2025 23:00
  • 409
  • 30

Bergamo klubi Ivan Yurichni bosh murabbiylik lavozimidan ozod etdi.

Rasmiy baѐnotga ko'ra, 50 yoshli xorvat mutaxassis va uning yordamchilari ishdan chetlatilgan.

Eslatib o'tamiz, Yurich avvalroq "Eenoa", "Verona", "Torino", "Roma" va "Sautgempton"da faoliyat yuritgan bo'lib, u joriy yil iyun oyida Jan Pero Gasperini ketganidan so'ng "Atalanta"ni qabul qilgan edi.

Uning qo'l ostida jamoa 15 ta o'yin o'tkazdi: 4 g'alaba, 8 durang va 3 mag'lubiyat. G'alabasiz seriya 8 o'yinga etdi. Hozirgi holatda "Atalanta" A Seriya jadvalida 11 turdan so'ng 13 ochko bilan 13-o'rinda joylashgan.

Malumotlarga ko'ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida Raffaele Palladino tayinlanishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар