iks
ads

Toni Pulis: "VAR ko'rilishi ikki daqiqadan oshmasin va sof o'yin vaqtini joriy etish kerak"

  • Mr.NoBoDy 12.11.2025 17:56
  • 397
  • 30

"Stok Siti", "Kristal Pelas" va "Vest Bromvich" sobiq bosh murabbiyi Toni Pulis futboldagi ayrim qoidalarni o'zgartirish zarurligini takidladi.

"Menimcha, asosiy muammo shundaki, hakamlar va VAR futbolning o'ziga qaraganda muhimroq bo'lib qolgan. VAR tizimini nazorat ostiga olish kerak. U baribir qoladi, ammo uni qo'llash usulini o'zgartirish lozim.

Biz ko'p bor bahsli vaziyatlarni videoqaydda ko'rib, bir zumda xulosa chiqarganmiz, ammo VARning shu qarorga kelishini kutganimizga ikki-uch daqiqa — yoki undan ham ko'proq vaqt ketgan.

Men bir narsani o'zgartirgan bo'lardim — VAR ko'rilishi har qanday vaziyatda ikki daqiqadan oshmasligi kerak. Agar hakamlar xonanasidagilar shu vaqt ichida qaror chiqara olmasa, demak, ularning o'sha erda bo'lishi shart emas.

Shuningdek, har bir hakamlar xonasida sobiq professionallar — murabbiy yoki futbolchi, shuningdek VAR hakami va uning yordamchisi bo'lishi kerak. Professional futbolchi barcha qoidalarni bilmasligi mumkin, lekin u o'yinni his etadi va qanday o'ynashni yaxshi tushunadi.

Yana bir o'zgartirish — sof o'yin vaqtini joriy etish. Har bir o'yinda jarohatlar, VAR yoki vaqtni cho'zish sababli soatni to'xtatish imkoni bo'lishi kerak.

Shunda har bir muxlis maydonda qancha vaqt qolganini bilib turadi va endi o'yin oxirida necha daqiqa qo'shilishini taxmin qilishga hojat qolmaydi.

Men APLda ishlagan paytlarimda bu holatga ko'p kulganman, chunki agar biz kuchli jamoalarni yutayotgan bo'lsak, 5 daqiqadan ko'p qo'shishardi, lekin agar mag'lub bo'lsak, 3 daqiqadan ham kam vaqt qo'shishardi", — dedi Toni Pulis.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar