iks
ads

"Barselona" Olmoni nima uchun operaciya qilishni istamayotgani malum bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 07.12.2025 20:40
  • 425
  • 30

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmoning holati haqida malumot paydo bo'ldi.

Olmo elkasida jarrohlik amaliyotini o'tkazishi kerak, ammo hozircha uni o'tkazish rejalashtirilmagan. Agar futbolchi uni hoziroq o'tkazganida, kamida 4 oyga safdan chiqqan bo'lardi. Shu munosabat bilan Olmo bo'lajak jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin edi. Hech kim tavakkal qilishni xohlamaydi. Futbolchining maqsadi konservativ tarzda tiklanish va mavsum oxirida ajoyib formada bo'lishdir.

27 yoshli Dani Olmo joriy mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

"Barselona" navbatdagi o'yinni 9 dekabr kuni "Ayntraxt"ga qarshi o'tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar