iks
ads

Jerrard Angliya jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 13.11.2025 15:56
  • 509
  • 30

"Aston Villa" sobiq ustozi Stiven Jerrard murabbiylik faoliyatiga qaytishga yaqin.

Jurnalist Grem Beylining so'zlariga ko'ra, "Liverpul" sobiq sardori "Midlsbro" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy davogarga aylandi. Klub kutilmaganda jamoani tark etib, "Vulverxempton"ni boshqarishga ketgan Rob Edvardsning o'rnini bosuvchi murabbiy izlamoqda.

Jerrard 2025 yil yanvar oyida Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" jamoasini tark etganidan beri ishsiz. "Midlsbro" prezidenti Stiv Gibson uzoq vaqtdan beri Stiv Jini ideal nomzod deb biladi.

Jerrarddan tashqari, "Midlsbro"ning short-listida Aleks Nil, Toni Moubrey, Pol Xekingbottom, Gari O’Nil, "Liverpul" sobiq hujumchisi Robbi Kin va Mark Robins bor.

Ўхшаш янгиликлар