iks
ads

"Manchester Yunayted" Maktominini qaytarmoqchi

  • Mr.NoBoDy 13.11.2025 21:32
  • 520
  • 30

"Manchester Yunayted" klub tarbiyalanuvchisi Skott Maktominini tarkibga qaytarmoqchi.

"Caught Offside" xabariga ko'ra, "Napoli" hozircha 28 yoshli futbolchisiga narx belgilamagan. Biroq unga davogarlik qilayotgan klub eng kamida 50 million evroni tayyorlab qo'yishi kerak bo'ladi. Maktominiga "Nyukasl" va "Tottenxem" kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.

Shotlandiyalik futbolchi APLga qaytish uchun "Napoli"dan ketishga qarshi emas. U 2024 yilgacha "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.

U mankunianliklar tarkibida 255 o'yinda qatnashib, 29 gol va 8 assist qayd etgan.

Ўхшаш янгиликлар