
Daniyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, u hozirgi klubida qolishdan umidvor. Kristensenning "Barselona" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.
"Umid qilamanki, "Barselona"da qolaman. Menda B reja yo'q. Rostini aytsam, hali aniq bilmayman. Men etiborimni o'ynashga va jamoaga yordam berishga qaratganman. Agentlarim vaqti kelganda hammasini hal qiladi", – dedi himoyachi.
29 yoshli Kristensen joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 o'yinda maydonga tushdi.