
"Diario AS" nashrining xabar berishicha, "qirollik klubi" o'z stadioni uchun yangi ko'rinishni taqdim etdi, logotipini yangiladi va rasmiy nomini qisqartirdi. Bundan buyon stadion "Santyago Bernabeu" o'rniga shunchaki "Bernabeu" deb nomlanadi.

Yangilangan logotip stadionning zamonaviy, futuristik ko'rinishini anglatadi. Ushbu vizual yangilanish yaqinda "Bernabeu"da bo'lib o'tadigan NFL o'yinidan oldin tayyorlandi.