iks
ads

Misrlik jurnalist: "O'zbekistonga qarshi uchrashuv Afrika Kubogi uchun uslubni sinovdan o'tkazish imkoniyati degani. Saloh Messi emas"

  • Mr.NoBoDy 13.11.2025 17:16
  • 244
  • 30

Misrlik jurnalist Muhammad Shaddad BAAda bo'lib o'tadigan Al Ain Cup musobaqasi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Championat.asia saytiga intervyu berdi.

– Misr terma jamoasining turnirga bo'lgan munosabati qanday?

– O'zbekistondek tartibli Osiyo jamoasiga qarshi o'yin o'tkazish "firavnlar"ning Afrika Millatlar kubogida qo'llashi mumkin bo'lgan uslubini sinovdan o'tkazish imkoniyati sifatida qaralmoqda. Mazkur uchrashuv futbolchilarga turnir boshlanishidan oldin taktik bosimlarga moslashish imkoniyatini beradi.

Hossam Hassan boshchiligidagi texnik xodimlar ushbu uchrashuv orqali futbolchilarning ham texnik, ham jismoniy tayyorgarligini baholashni, shuningdek, rasmiy musobaqa muhitiga kirishdan oldin asosiy tarkibning o'zaro uyg'unligini tekshirishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, ular oldingi o'yinlarda ko'zga tashlangan bazi himoyaviy va hujumdagi xatolarni bartaraf etishga, shu bilan birga jismoniy tayyorgarlik darajasini yaxshilash va jamoaning uch chizig'i – himoya, yarim himoya va hujum o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga alohida etibor qaratmoqda.

Qaysi asosiy o'yinchilar yig'inga taklif qilinmadi?

– Misr terma jamoasi tarkibiga murabbiy Hossam Hascan doimo tayanadigan asosiy futbolchilar kiritilgan bo'lib, bazi yangi kuchlar ham qo'shilgan. Ro'yxatda kutilmagan o'zgarishlar ko'zga tashlanmadi.

Muhammad Saloh va "Liverpul" so'nggi uchrashuvlarda yaxshi natija ko'rsata olmayapti. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?

– Muhammad Salohning bazi o'yinlarida pasayish kuzatilishi tabiiy, chunki hech bir futbolchi har bir o'yinda mukammal darajada o'ynay olmaydi yoki doimo aniq pas bera olmaydi – ehtimol Messi bundan mustasnodir, lekin Saloh Messi emas.

Garchand u Misr bilan Afrika Millatlar kubogini qo'lga kirita olmagan bo'lsa-da, xorijda erishgan ulkan yutuqlari tufayli biz hamon uni Misr futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaymiz.

Umuman olganda, murabbiy Arne Slotning taktikasi hammani ham ishontira olmayapti va uning qo'l ostida "Liverpul"ning o'yini avvalgidek dahshatli emas – Yurgen Klopp davrida ko'rsatilgan qudrat sezilmayapti.

Shunday bo'lsa-da, Salohning o'yin saviyasi so'nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va matbuot tasvirlaganidek yomon bo'lib ketgani yo'q.

O'zbekiston terma jamoasining uch nafar futbolchisini ajratib ko'rsata olasizmi? Fikringizcha, ularning qay biri eng yaxshisi hisoblanadi?

– Albatta, men "Manchester Siti" futbolchisi Abduqodir Husanov hamda Eldor Shomurodovni yaxshi bilaman.

Ўхшаш янгиликлар