
Portugaliyalik murabbiy yaqinda yangi qoida kiritdi.
"The Athletic" malumotlariga ko'ra, jamoaning yarmi "Old Trafford"da o'yindan oldin, qolgan yarmi esa o'yindan keyin dastxat ulashishi kerak. Ko'pgina futbolchilar o'yindan oldin imzo qo'yishni afzal ko'rsa-da, ular portugaliyalik murabbiyning yangi qoidasiga amal qilishga majbur.
Shuningdek, Amorim professionallik va fidoyilik standartlarini oshirishga harakat qilmoqda. Masalan, mashg'ulotlarga kech qolish toqat qilib bo'lmaydigan xatti-harakat sifatida belgilanadi.