iks
ads

Per-Emerik Obameyang: "Bu juda katta xato bo'lgandi"

  • Mr.NoBoDy 13.11.2025 20:32
  • 379
  • 30

"Marsel" hujumchisi Per-Emerik Obameyang 2022 yilda "Chelsi"ga o'tishini katta xatolik sifatida baholadi.

"U jamoaga o'tish juda katta xato bo'lgandi.

O'sha paytda mening "Barselona" bilan ishlarim yomon tarafga ketayotgandi. Talonchilik qurboni bo'ldim, "Barselona"da esa yoki meni yoki Depayni sotib yuborishlari kerak edi. Mendagi yagona taklif "Chelsi"dan bo'layotgandi. O'shanda men: "Mayli, faqatgina oilam uchun "Chelsi"ga o'taman", degandim.

Londondagi barcha ishlarim yaxshi ketishiga ishondim, chunki "Arsenal"dan "Chelsi"ga o'tgan Olive Jiruda muammolar bo'lmagandi. Lekin men uchun barchasi boshqacha ketdi", - dedi Obameyang.

Obameyang 2022 yil avgustida talonchilik qurboni bo'lgandi, o'shanda uning 700 ming evrolik mulkini o'g'rilashgandi. O'shanda ko'chada rafiqasi bilan ketayotganida sovuq qurol bilan futbolchining jag'ini sindirishgandi.

Gabonlik hujumchi "Chelsi"da bir mavsum davomida umumiy hisobda 21 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар