iks
ads

Zlatan A Seriya, APL va LaLigani solishtirdi

  • Mr.NoBoDy 13.11.2025 20:56
  • 355
  • 30

"Barselona", "Manchester Yunayted" va "Milan" kabi jamoalarning sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Ispaniya, Angliya va Italiya chempionatlarini solishtirdi.

"LaLigada jamoalar hujumni darvozadan boshlashga harakat qiladi. Hatto jamoalarning darajasi past bo'lsa ham futbol o'ynashga harakat qiladi.

Italiya futbolida taktika ko'p, ularda barchasini ham o'rganib bo'lmaydi. U erda hujumdan ko'ra himoya muhimroq. Jamoalar himoyaviy o'ynagani uchun hujumchiga doim qiyin bo'lib kelgan. Agarda u erda muvaffaqiyatga erishayotgan bo'lsang bu aqlbovar qilmas hissiyotlar beradi.

APLdagi tezlik juda dahshatli - hujumda ham himoyada ham. Agarda sening texnikang yuqori bo'lsa-yu, bunday tempga dosh bera olmasang, qanchalik iqtidorli bo'lsang ham qiynalasan", - dedi Ibragimovich.

Ўхшаш янгиликлар