
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan Al-Ain Cup Xalqaro o‘rtoqlik turnirida Eron va Kabo-Verde o‘rtasidagi dastlabki yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda forslar penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi - 5:4. O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.
Endi Eron ertangi O‘zbekiston - Misr to‘qnashuvi g‘olibi bilan finalda o‘ynaydi.