iks
ads

"Manchester Yunayted" hujumchisi 1 oyni maydon tashqarisida o'tkazadi

  • Mr.NoBoDy 18.11.2025 15:16
  • 428
  • 30

MYU yozgi transferi Benyamin Sheshkoning tiklanish muddati elon qilindi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted"ning 22 yoshli futbolchisi APL 11-turida "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat olganidan so'ng 1 oygacha safdan chiqdi.

Sloveniyalik hujumchiga tizza jarohati tashxisi qo'yilgan. Klub tibbiy xodimlarining so'zlariga ko'ra, jarohat jiddiy emas va u 4 hafta ichida to'liq sog'ayib ketishi kutilmoqda.

Sheshko o'tgan yozda Germaniyaning "Leypcig" jamoasidan 77 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. U ushbu mavsum "qizil iblislar" safida 12 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

Ўхшаш янгиликлар