
"Bavariya"ning rasmiy X sahifasida 25 yoshli kanadalik chap qanot himoyachisi xochsimon bog'lami uzilishidan keyin birinchi marta "Bavariya"ning asosiy jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etgani haqida xabar qilindi.

Devis mart oyida Kanada terma jamoasida jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvdan so'ng tashxis umidsizlikka uchratdi: 6 oylik tiklanish.
"Bavariya"ning keyingi o'yini 22 noyabr kuni "Frayburg"ga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan, ammo Devis maydonga tusha oladimi yoki yo'q, hali nomalum.