iks
ads

U-17 JCH. Italiyaga munosib qarshilik ko‘rsatib, mag‘lub bo‘ldik

  • Mr.NoBoDy 18.11.2025 19:44
  • 174
  • 30

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun Qatar mundiali yakunlandi. Vakillarimiz 1/8 finalda Italiyaga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

19-daqiqada Tomas Kompanyello italiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 56-daqiqada Amirxon Murodov burchak zarbasidan so‘ng muvozanatni tikladi. 68-daqiqada yana o‘sha Kompanyello jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 69-daqiqada Dauda Iddrissa 3-golga mualliflik qildi.

Zaxiradan maydonga tushgan hujumchimiz Asilbek Aliyev 89-daqiqada raqibiga tirsagi bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

90+4-daqiqada Azizbek Erimbetov yakuniy golni kiritdi - 2:3.

U-17 JCH. 1/8 final

Italiya - O‘zbekiston - 3:2

18 noyabr, 17:30

Gollar: 1:0 – 19, Tomas Kampanyello, 1:1 – 56, Amirxon Murodov, 2:1 – 68, Tomas Kampanyello, 3:1 – 70, Dauda Iddrisa, 3:2 – 90+4, Azizbek Erimbetov

Italiya: Alessandro Longoni, Dauda Iddrisa, Vinchenso Prisko (Alessio Baralla, 72), Luka Rejani, Tomas Kampanyello (Benit Borasio, 83), Samuele Inasio, Destini Elimogale (Simone Lontani, 59), David Marini (Jan Mambuku, 59), Kristiano De Paoli, Valerio Makkaroni (Andrea Luongo, 59), Federiko Steffanoni.

O‘zbekiston: Ibrohim Shokirov, Mo‘minxon Baxodirxonov, Amirxon Murodov, Sadriddin Hasanov, Nurbek Sarsenbayev (Asilbek Aliyev, 66), Sayfiddin Sodiqov (Jamshidbek Rustamov, 74), Abdulmalik Anvarov (Behruz Saidmurodov, 74), Muhammadali Musaxonov (Miraziz Abdukarimov, 83), Azizbek Abdumo‘minov (Muhammad Habibullayev, 46), Abubakir Shukurullayev, Azizbek Erimbetov.

Ogohlantirishlar: Abubakir Shukurullayev (25), Azizbek Abdumo‘minov (40)

Chetlatish: Asilbek Aliyev (89)

Ўхшаш янгиликлар