Isko APLga yo'l olishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 17.03.2025 00:32
  • 60
  • 30

"Aston Villa" "Betis"ning ispaniyalik xavbeki Iskoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Birmingem klubi ispaniyalik futbolchining muvaffaqiyatlarini diqqat bilan kuzatib borayotgani aytilmoqda. Iskoning "Betis" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 6 mln evroga baholamoqda.

Isko 2023 yildan beri "Betis" sharafini himoya qilib kelmoqda. Xavbek Sevilya jamoasi safida jami 54 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 11 ta assist qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар