iks
ads

Vinisius "Real"dan yiliga 30 mln. evro talab qilyapti, ammo "Real"...

  • Mr.NoBoDy 24.11.2025 21:48
  • 675
  • 30

Vinisius Junior "Real" bilan shartnomani uzaytirishga shoshilayotgani yo'q.

The Athletic xabariga ko'ra, braziliyalik hozir soliqlardan keyin yiliga taxminan 18 million evro oladi. 2025 yili klub unga 20 million atrofida maosh taklif qildi, ammo rad javobi oldi. Shundan keyin "Real" Vinisius vakillariga o'zlari xohlagan summani aytishni so'radi.

Agentlar klub tarixidagi eng katta shartnomalardan biri bo'lgan – yiliga 30 million evro atrofidagi maoshni so'rashdi (bunda mukofot pullari ham bor, Krishtianu Ronaldu davriga yaqin miqdor). Shuningdek, shartnoma uzaytirilgani uchun bonus ham talab qilingan, ammo "Real" odatda bunday bonusni to'lamaydi.

Mavsum boshlanishidan oldin muzokaralar davom etdi, ammo u boshi berk ko'chaga kirib qoldi. The Athletic manbalariga ko'ra, Vinisiusning bunday harakati qandaydir maxsus taktika emas, balki bosh murabbiy Xabi Alonso bilan mavjud kelishmovchiliklar fonida uzoq muddatli shartnoma tuzishni istamasligi bilan bog'liq. Bu klubni ajablantirmayapti, lekin xavotirga solmoqda.

Braziliya terma jamoasi vingerining amaldagӣ shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar