
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati qur’a savatchalari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-savatchadan o‘rin oldi.
Eslatib o‘tamiz, mundialga qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.
