iks
ads

Abduvohid G'ulomov: "G'alaba juda kerak edi, ammo nasib qilmadi"

  • Mr.NoBoDy 26.11.2025 22:32
  • 342
  • 30

"Andijon" hamda "Arkadag'" o'rtasidagi OCHL-2ning 5-tur uchrashuvidan (1:1) so'ng mezbonlar vakili Abduvohid G'ulomov intervyu berdi.

O'yin haqida: "O'yin qiyin bo'lishini kutgandik, ammo shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. O'yinni nazorat qildik va dastlabki golni biz urdik. O'z xatoimiz tufayli to'p o'tkazib yubordik. G'alaba juda kerak edi, ammo nasib qilmadi".

- "Andijon"ning Superligadagi natijalari va OCHLdagi holati yaxshi emas. Bu futbolchilar ruhiyatiga tasir o'tkazyaptimi?

- Har qanday vaziyatda ham oxirigacha harakat qilamiz. Mavsumni ijobiy yakunlash uchun intilamiz.

- Superliga tugashi bilan "Andijon"da OCHLning 6-tur o'yini oldidan 3 haftalik tanaffus bo'lib qoladi. Bu paytda nimalar qilishingiz haqida klub malumot bermadimi?

- Bu haqida o'ylashga biroz erta deb o'ylayman. Oldimizda safarda "Bunyodkor"ga qarshi bahs kutib turibdi. Shundan so'ng qolgani haqida o'ylaymiz. Dohadagi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

Ўхшаш янгиликлар