
- Ko'rdinglar, ikkala jamoa ham keskin futbol namoyish etishga harakat qilishdi. Lekin fikrimcha, ikkala jamoada ham gol urish uchun 100 foizli vaziyatlar bo'lmadi. Nazarimda, bizga ham, “Andijon” jamoasiga ham imkoniyatlardan foydalana olmaslik muammosi halaqit qilmoqda. O'yindagi durang adolatli bo'ldi, deb o'ylayman.
- “Andijon” 5 ta o'yin 1 ta gol urdi. Agar “Andijon” keyingi o'yinda yaxshi natija qayd etib keyingi bosqichga chiqadigan bo'lsa, adolatli hisoblaysizmi?
- Hamma joyda futbol bir xil o'ynaladi. Faqat bizni farqimiz - boshqalarga qaraganda, vaziyatlardan foydalanish imkoniyati past, shu muammo qiynaydi. Bunday muammo “Andijon”da ham bor. Masalan, bu erga Bahrayn va Qatar klublari ham kelishdi. Ularni nima farqi bor? Menimcha, ularni bizni jamoalardan katta ustunligi yo'q. Faqat atletizmda farqi bo'lishi mumkin. Turnir avvalida aytgandim, bu guruhda yaqqol favorit yo'q. Hozir ham shu fikrdaman. “Andijon”da ham, bizda ham imkoniyat bor.
- Turkmanistondagi o'yinda “Andijon” vakillari maydon holatidan qoniqish hosil qilishmagandi. “Andijon”dagi maydonni sizlarnikidan yaxshiroq deb hisoblaysizmi?
- Hozir bir xil. O'sha vaqtda bizni maydonimiz biroz yomonroq edi. Stadionda ishlar olib borildi va hozirda ikkalasini ham maydoni bir xil holatda. Qolaversa, terma jamoamiz ham o'sha stadionda o'ynaydi. Vaziyat yaxshi tomonga o'zgargan. Bundan tashqari, matbuot anjumanida shuncha ko'p jurnalistlarni ko'rib turibman. Bahrayn va Qatarga borganimda bunchalik jurnalistlarni ko'rmagandim. Bu erda esa biroz ko'proq ekan. Balki boshqa joylarda bizni unchalik mensishmas. Lekin bu erda ko'rib turibmanki, jurnalistlar soni boshqa joylarga qaraganda nisbatan ko'p. Buning uchun sizlardan minnatdorman. Xudo xohlasa, Markaziy Osiyoni ikkala jamoasi keyingi bosqichga chiqadi.

