iks
ads

Mohirbek Komilov: "Qatarda borimizni berib, O'zbekiston va "Andijon" sharafini munosib himoya qilamiz"

  • Mr.NoBoDy 26.11.2025 22:56
  • 462
  • 30

"Andijon" hamda "Arkadag'" o'rtasidagi OCHL-2ning 5-tur uchrashuvidan (1:1) so'ng mezbonlar vakili Mohirbek Komilov intervyu berdi.

O'yin haqida: "Superliga va Chempionlar ligasi o'rtasida farq katta emas. Bahs qiyin o'tdi, vaziyatlardan foydalana olmadik".

- Maydon holati o'yinga tasir qildimi?

- Maydon holati yaxshi, shunchaki to'p kirishni xohlamadi.

- Bugun muxlislar har doimgidan ham ko'proq kelishdi...

- Ha, ularning qo'llab-quvvatlashini his qilib turdik. G'alabaga yaqin edik, ammo biroz omad etishmadi.

- Maksim Shackix ketganidan so'ng "Andijon"dagi ichki vaziyat qanday?

- Yaxshi, Akmal Shorahmedov (vaqtinchalik bosh murabbiy) futbolchilarni tushunadi, o'zi ham futbol o'ynagan. Superliga oxirgi turida "Bunyodkor"ni mag'lub etib, Qatarga yaxshi kayfiyatda boramiz deb umid qilaman.

- "Andijon" 5ta o'yinda 5ta durang qayd etdi...

- Hali imkoniyatimiz bor. Qatarda borimizni berib, O'zbekiston va "Andijon" sharafini munosib himoya qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар