iks
ads

Akmal Shorahmedov: "VAR yo'q, shunday ekan hech narsani isbotlay olmaymiz"

  • Mr.NoBoDy 26.11.2025 23:16
  • 354
  • 30

"Andijon" jamoasi bugun o'z maydonida OCHL-2 doirasida Turkmanistonning "Arkadag'" klubini qabul qildi (1:1).

Uchrashuvdan so'ng mezbonlar ustozi Akmal Shorahmedov va futbolchi Bektemir Abdumannonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"O'yinni yutishga harakat qildik. Qisqa vaqtda shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Raqibni ham ko'ryapsizlar, bu jamoa bilan "Al Ahli" ham, boshqa jamoalar ham qiynaldi. Himoyada juda zich o'ynaydigan jamoa hisoblanadi. Yorib o'tish qiyin. Lekin men o'yindan qoniqdim. Bu haqida futbolchilarga ham aytdim. Ayniqsa ikkinchi bo'lim yoqdi. Turkmaniston terma jamoasi bilan o'ynab oxirida tepib yuborayotganini ko'rish yoqimli bo'ldi. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman",- deydi Akmal Shorahmedov


"Jamoamiz bilan yutuq uchun maydonga chiqqandik. Oxirida ozgina omad etishmadi. Jamoadagi hamma harakat qildi. Hali imkoniyatimiz bor. Oxirgi o'yinda g'alaba qozonsak guruhdan chiqishimiz hal bo'ladi. Raqibga kelsak, bitta vaziyatdagi xatoimiz tufayli gol o'tkazdik. O'yin va har tomonlama ularni yutdik. Bitta gol urganimizda yutib ketar edik",- deydi Bektemir Abdumannonov.


- Yakshanba kuni O'zbekistonda chempionat tugaydi. Futbolchilarni holatini 24 dekabrgacha ushlab turish qanday bo'ladi?

- "Bunyodkor" bilan o'yindan keyingi rejalarni hali bilmayman. Menga jamoani shu o'yinlarga tayyorlash yuklatilgan. Kim tayyorlaydi buni vaqt ko'rsatadi. Pley-offga tushmasdan, jamoani Superligada olib qolishga harakat qilyapmiz. Barchamiz bitta oila bo'lib intilyapmiz. Hozir "Bunyodkor" bilan uchrashuvni o'ylayapmiz. 24 dekabr sanasidagi o'yin bundan keyin bo'lib o'tadi. 

- Ayrim vaziyatlarda hakamlarning qarorlari boshqacha bo'ldi. Siz qanday baho berasiz?

- VAR yo'q, shunday ekan hech narsani isbotlay olmaymiz. Nima bo'lganda ham gol ura oldik, gol o'tkazib ham yubordik. Birinchi golimizni urganimizdan xursandman. 

- O'yindan avvalgi matbuot anjumanida 3 ta hujumchi bilan o'ynashni, ko'proq gol urish kerakligini, hujumga borgan futbolchi himoyani o'ylamasligini aytgandingiz. O'tkazib yuborilgan golda qarshi hujum bo'ldi. Bu ikki omilni bir-biriga bog'lagan bo'larmidingiz?

- Mening fikrimcha, kim himoyada turgan bo'lsa, o'sha himoyada o'ynab qo'yishi kerak.  Kim oldinda turgan bo'lsa, u hujumda o'ynab qo'yishi kerak. Orqadagi hujumchimi yoki himoyachimi o'ynab qo'yishi lozim. Bunda kimnidir aybdor qilish niyatim yo'q. Gol urib ularni jarima maydonchasida ushlashga harakat qildik. 

- Islom Mamatkazinni hujumga tushirilishi tavakkal qarormidi yoki oldindan o'ylangan reja?

- Yutayotganimizda Islom Mamatkazinni uchinchi himoyachi qilib tushirmoqchi edim. Gol o'tkazib yubordik. Bizda boshqa hujumchi yo'qligi uchun Islomni hujumga qo'ydim. Bu oldindan o'ylangandi. O'ziga ham aytgandim, yoki uchinchi himoyachi yoki hujumchi bo'lib tushardi. 

- Savol Bektemir Abdumannonovga. Klubda o'zgarishlar bo'ldi. Jamoa natijalari yaxshi emas. Bugun gol urild. Kiyinish xonasida futbolchilar o'rtasidagi ruhiyat qanday?

- Bu narsa hammaning bo'yniga tushadi. Mazkur vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak. Hali imkoniyatimiz bor. Yaxshi tayyorgarlik ko'rib, finalga chiqqandek o'ynasak guruhdan chiqamiz. Bitta o'yinda hamma narsa hal bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар