iks
ads

Lautaro Martines 120 million evro evaziga APL jamoasiga o'tishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 10.04.2025 11:08
  • 408
  • 30

Arsenal hujumdagi muammolarni hal qilish uchun yozda katta transferni amalga oshirmoqchi.

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines yozda London jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin. Arteta hujumdagi muammolarni aynan argentinalik hujumchi bilan yopishni maqsad qilgan. Hujumchi uchun «Arsenal» milanliklarga 120 million evro berishga tayyor.

Futbolchining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilgan. 27 yoshli hujumchi joriy mavsum 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.

Ўхшаш янгиликлар