iks
ads

"Selta" bilan o'yinda chetlatilgan "Real" futbolchilariga hukm chiqarildi

  • Mr.NoBoDy 11.12.2025 00:40
  • 4601
  • 30

"Real"ning to'rtta futbolchisi nechta o'yinga diskvalifikaciya qilingani malum bo'ldi.

"Real"ning to'rtta futbolchisi "Selta"ga qarshi o'yindan keyin chetlashtirildi. Madrid klubi La Liganing 15-turida 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ushbu o'yinda Alexandro Kintero "oq kiyimlilar"ning himoyachilari Fran Garsiya va Alvaro Karrerasni maydondan chetlatib yuborgandi - Karreras hakamga "sen juda yomonsan" deb aytgandi.


Bundan tashqari, hakam zaxirada o'tirgan Endrikka qizil kartochka ko'rsatdi - braziliyalik texnik hududni tark etib, zaxira hakamiga baqirgandi.


Yakunda Karreras va Endrik ikki o'yinga chetlashtirildi. "Mana bu sening darajang, keyin matbuot anjumanida yig'laysizlar" degan gapi uchun Dani Karvaxal ham ikki o'yinga chetlashtirildi. Fran Garsiya esa bir o'yinga chetlashtirildi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar