
Bu mag'lubiyat "Bavariya" uchun joriy mavsumdagi birinchisi bo'ldi.
Har bir jamoa mag'lub bo'lishi mumkin - bu futbol. Birinchi bo'limni yaxshi boshladik deb o'ylagandim, lekin keyin gol o'tkazib yubordik. Shunga qaramay, biz tashabbusni qaytarib oldik va hisobni tenglashtirdik. Tanaffusda, agar shunday davom etsak, uchrashuvda g'alaba qozonishimiz mumkin deb o'yladim. Biroq ikkinchi bo'limda biz o'z ritmimizni topa olmadik. Mezbonlar ikkinchi bo'limda mukammal harakat qilishdi va kichik imkoniyat ham qoldirishmadi. Men o'zimni oqlamoqchi emasman. Bugungi uchrashuvda "Arsenal" bizdan yaxshiroq edi.