iks
ads

Frank: "Bu futbolchi "Oltin to'p"ning keyingi sohibi bo'ladi"

  • Mr.NoBoDy 27.11.2025 17:48
  • 305
  • 30

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank jamoasining Chempionlar Ligasida PSJga qarshi 3:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng fikr bildirdi.

Frank o'yinda xet-trik qayd etgan parijliklar yarim himoyachisi Vitinyani alohida ajratib ko'rsatdi.

"Vitinya — dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi. Bu futbolchi "Oltin to'p"ning keyingi sohibi bo'ladi", – dedi Frank.

"Tottenxem" so'nggi 5 turda Chempionlar Ligasida 8 ochko to'pladi. Frank shogirdlari navbatdagi turda o'z maydonida "Slaviya" bilan o'ynaydi.

Shuni takidlash kerakki, 2025 yilgi "Oltin to'p"ni PSJ hujumchisi Usmon Dembele qo'lga kiritgan edi.

Ўхшаш янгиликлар