iks
ads

"Kamp Nou"ni tamirlayotgan kompaniya norasmiy ishchilardan foydalangani uchun jarimaga tortildi

  • Mr.NoBoDy 27.11.2025 19:08
  • 445
  • 30

"Barselona" va uning muxlislari klubning "Kamp Nou"ga qaytishini 3 yil kutishdi, bu voqea "Atletik" Bilbao ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g'alaba bilan nishonlandi.

Shunga qaramay, mashhur arena nomi yana bir bor yangiliklar sarlavhalariga chiqmoqda.

Kataloniya mehnat inspekciyasi tamirlash ishlarini olib borayotgan "Extreme Works" kompaniyasi ro'yxatdan o'tmagan ishchi kuchidan foydalanayotganini aniqladi. Tekshiruv natijasida kamida 79 nafar shunday ishchi, asosan, Turkiyadan kelganlar aniqlandi. Bu — Evropa uchun kutilmagan holat.

Derbyderbyderby.it malumotlariga ko'ra, endi kompaniya 1,09 million evro miqdorida jarima to'lashi zarur.

Ўхшаш янгиликлар