
Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu WOWfc jang promoushenining hammulkdori bo‘ldi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tashkilotning yana bir hammulkdori — yengil vaznda mag‘lubiyat nimaligini bilmaydigan UFC chempioni, 28 yoshli ispan-gruzin Iliya Topuriya ham hisoblanadi.
Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu klub va terma jamoa safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va ikki bor assistentlik qildi.
Portugaliyalik yulduz 2023 yildan buyon «An-Nasr» safida to‘p surmoqda. Unga eng katta shuhrat «Manchester Yunayted» va Madridning «Real» jamoalaridagi o‘yinlari orqali kelgan. Ronaldu — “Oltin to‘p” mukofotining besh karra sovrindori.